Qiziriq tumani hokimi jazolandi

3-sahifa

image

Qiziriq tumani hokimi Sherxon Yo‘lliyevich Allamurodovga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llandi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov kecha, 23 avgust kuni farmoyish chiqardi.

Farmoyishda qayd etilishicha, tuman rahbari Allamurodov joriy yilning 1-yarim yilligida xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirish va eksport ko‘rsatkichlarini ta’minlashda sustkashlikka yo‘l qo‘ygan. Shu sababli unga Mehnat kodeksining 312-moddasiga asosan hayfsan intizomiy jazo chorasi qo‘llangan va o‘rtacha oylik ish haqining 30 foizi miqdorida jarima tayinlangan. Mazkur farmoyishning ijrosini ta’minlash viloyat hokimligi tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari F.Mengliyev zimmasiga yuklangan.

Ma’lumot uchun, Sherxon Allamurodov 1986 yilda Jarqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. 2011 yilda Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – huquqshunos. Podpolkovnik harbiy unvoniga ega.

Faoliyati davomida ichki ishlar organlarida turli vazifalarda, xususan, viloyat Ichki ishlar boshqarmasida bo‘lim boshlig‘i, Jarqo‘rg‘on tumani IIB boshlig‘i lavozimlarida mehnat qilgan. Allamurodov 2023 yildan 2025 yilgacha Qiziriq tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritgan. U joriy yilning 27 yanvar kuni Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Qiziriq tumani hokimi etib tayinlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

hayfsan Sherxon Allamurodov Qiziriq hokimi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing