Qoidalarni o‘zgartirgan brend
Biznes
−
07 may 4171 3 daqiqa
Rebrending faol marketing strategiyasi bo‘lib, bu brendning nomi, logotipi, shiori va albatta ishlab chiqariluvchi mahsulotlardagi o‘zgarishlarni o‘z ichiga oladi. Bozorga moslashmasdan, qoidalarni o‘zgartirishni shior qilib olgan Ziffler kompaniyasi ham rebrendingni amalga oshirdi. Taqdimotga kelgan insonlarning soni ko‘pligidan ham kompaniya rebrendingi va maishiy texnikalarning yangi liniyasiga bo‘lgan qiziqish juda yuqori bo‘lganini anglash mumkin. Taqdimot startidan avval brend menejer Bahodir Karatayevdan maishiy texnika bozorida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan brend nega rebrendingga qo‘l urgani va yangi texnikalar tarmog‘ining afzalliklari nimadan iborat ekanligini so‘rab oldik.

“Nafaqat logotipimiz, balki brend rangi, strategiyasi va o‘z oldimizga qo‘ygan maqsadlarimiz o‘zgardi. Har bir yo‘nalishda yangi texnologiyalar asosida maishiy texnika ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydik. 10 yil ichida oldimizga qo‘yilgan vazifalarga qisman erishdik, maqtovlar eshitdik. Odamlar bizni tanlashni boshladi. Biz yanada yaxshiroq texnikalar ishlab chiqara olamizmi, degan savolni o‘zimizga berib, nafaqat O‘zbekistonda, balki butun dunyoda ham odamlar Ziffler’ni tanlashi uchun harakat qilishni maqsad qilganmiz”, deydi Karatayev.

Taqdimotda Ziffler tomonidan ishlab chiqarilgan yangi texnikalar tarmog‘ining qulaylik va afzalliklari to‘g‘risida ma’lumot berildi. Oxirgi 10 yilda O‘zbekistondagi minglab oilalar hayotining ajralmas qismiga aylanib ulgurgan Ziffler endi yangicha sifat va dizayndagi texnikalari bilan o‘z masshtabini kengaytirmoqchi. Zamon bilan hamnafas bo‘lish davr talabi hisoblanadi. Brend o‘z texnikalariga sun’iy intellektni integratsiya qilgani ham yaxshigina qiziqishga sabab bo‘ldi.

“Bugungi taqdimotda sun’iy intellekt bilan integratsiya qilingan changyutgich va sovitkichlarni namoyish qilamiz. Bu albatta mijozlarimizga vaqtini tejashga va yanada ko‘proq qulaylik yaratishga asos bo‘ladi”, deydi brend menejer.

Tadbirda Ziffler maishiy texnikalar tarmog‘i bilan ko‘p yillik hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan tadbirkorlar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Endi asosiy savolga javob topsak. Rebrending Ziffler’ning mahsulotlari sifati va narxiga qanday ta’sir qiladi?

“Ziffler narx va sifat barqarorligini o‘ylagan holda bozorga kirib keldi. Yuqori dizayn va zamonaviy texnologiyalar asosida ishlab chiqarilgan texnikalarimizning narxi aytarli oshmaydi. Bugungi taqdimotda 40 tadan ortiq texnikalarni namoyish qildik va mahsulotlarning 7 tasiga sun’iy intellekt integratsiya qilingan, lekin bu texnikalarimizning hamyonbopligiga ta’sir o‘tkazmaydi”, deydi kompaniya xodimi.

Rebrendingni amalga oshirgan va yangi texnikalar avlodini taqdim qilgan brendning kelgusi rejalari ham albatta, juda qiziq.
“Birinchi navbatda O‘zbekiston bozoriga oxirgi texnologiyalar asosida ishlab chiqarilgan maishiy texnikalarni tatbiq qilmoqchimiz. Bir paytlar AQSH, Yaponiya va boshqa davlatlarning texnikalariga havas qilardik, bugungi kunga kelib biz ulardan orqada qolib ketayotganimiz yo‘q. Taqdimotga kelgan chet ellik mehmonlar biz ishlab chiqarayotgan texnikalarni ko‘rib, hayratda qoldi”, deydi Bahodir Karatayev.
Ziffler kelgusida xorij bozorlariga kirib borishni va dunyo davlatlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni maqsad qilgan.
Batafsil ma’lumot olish uchun:
Instagram: https://www.instagram.com/ziffleruz/
Facebook: https://www.facebook.com/ziffleruzbekistan
Telegram: https://t.me/zifflergroup
Reklama huquqi asosida
Live
Barchasi