Qora dengizda yuzlab delfinlar nobud bo‘lmoqda
Bu qiziq
−
20 dekabr 4889 2 daqiqa
Qora dengizning Kerch bo‘g‘ozida yonilg‘i moyi to‘kilishi ortidan bir yil ichida 688 ta o‘lik delfin topildi. Delfinlarning o‘limi yana bir necha yil davomida oshishi mumkin. Bu haqda Delfa suv sutemizuvchilarini qutqarish ilmiy va ekologik markazi xabar berdi.
Tashkilot ma’lumotiga ko‘ra, yonilg‘i to‘kilganidan keyingi birinchi oyda delfinlarning o‘limi sezilarli darajada oshgan. Ekologik falokat oqibatlari kelgusi bir necha yil davomida sezilishi mumkin. Bularga turli kasalliklarning ko‘payishi, o‘limning doimiy yuqori darajasi va organizmda toksinlar to‘planishi tufayli tug‘ilishning pasayishi kuzatilishi taxmin qilinmoqda.

Tashkilotning qo‘shimcha qilishicha, qirg‘oqda topilgan barcha delfinlar yonilg‘i moyining to‘kilishidan o‘lgan bo‘lishi mumkin emas. Sutemizuvchilarning o‘limi sonining keskin oshishi qirg‘oqqa chiqish mavsumida hamda oktyabr oxiri va noyabr oylarida ham qayd etilgan.
Ma’lumot uchun, 2024 yil 15 dekabrda Kerch bo‘g‘ozida bo‘ron paytida Volgoneft-212 va Volgoneft-239 tankerlari ag‘darilib ketgan. Oqibatda bir dengizchi halok bo‘lgan. Tankerlarda 9200 tonna yonilg‘i mazuti bo‘lgan, shundan taxminan 2400 tonna neft mahsulotlari suvga to‘kilgan.
Buning ortidan 2025 yil yanvar oyi boshida Qora dengizda 30 dan ortiq delfin nobud bo‘lgan. Rossiya Tabiiy resurslar vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, Anapaning yonilg‘i moyi bilan ifloslangan plyajlari 2026 yil yoziga qadar tiklanadi.
Live
Barchasi