Qoraqalpoq o‘tovi UNESCO ro‘yxatiga kiritildi

Jamiyat

image

Qoraqalpoq o‘tovi UNESCO Инсон­ият nomoddiy madaniy merosining reprezentativ ro‘yxatiga kiritildi. Bu haqda “Dunyo”  xabar berdi.

Qayd etilishicha, bu qaror Hindiston poytaxtida UNESCO Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish hukumatlararo qo‘mitasining 20-sessiyasida qabul qilingan. O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston ko‘chmanchi turkiy xalqlar uyi – o‘tovni UNESCO’ning Reprezentativ ro‘yxatiga kiritish bo‘yicha qo‘shma nominatsiya taqdim etilgan.

“Qoraqalpoq o‘tovining ro‘yxatga kiritilishi so‘nggi yillarda O‘zbekiston va UNESCO o‘rtasida jadal rivojlanayotgan hamkorlikning yorqin samaralaridan biridir. O‘zaro manfaatli sheriklik, ayniqsa, joriy yilning oktyabr-noyabr oylarida tarixiy Samarqand shahrida UNESCO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi o‘tkazilgandan so‘ng yangi bosqichga ko‘tarildi”, deyiladi xabarda.

Qoraqalpoq o‘tovi O‘zbekiston madaniy merosining UNESCO‘ning turli ro‘yxatlariga kiritilgan o‘n yettinchi elementi bo‘lgan.

“Ushbu voqeiylik Qoraqalpog‘iston va butun O‘zbekistonning sayyohlik jozibadorligini oshirish, o‘tov tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi hunarmand ustalarni qo‘llab-quvvatlash, ilmiy tadqiqotlar olib borish, an’anaviy ko‘nikmalarni yosh avlodga yetkazish, uning boqiyligini ta’minlash uchun yangi imkoniyatlar ochadi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qoraqalpoq qo‘biz san’ati UNESCO'ning madaniy meros ro‘yxatiga kiritilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

UNESCO o'tov Qoraqalpoq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing