Qo‘qon UNESCO’ning “Adabiyot shahri” maqomini olishi mumkin

Jamiyat

image

Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahri UNESCO'ning “Adabiyot shahri” maqomini olishi mumkin. Bu haqda bugun, 28 aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona shahrida o‘tkazgan Farg‘ona viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari yuzasidan yig‘ilishda so‘z bordi.

Yig‘ilishda qayd etilishicha, o‘zbek adabiyoti tarixida Qo‘qon adabiy muhitining o‘rni beqiyos. Bu zaminda 300 dan ziyod shoir va adib yashab, ijod qilgan.

Shunday adiblarni yetishtirgan Qo‘qon UNESCO'ning “Adabiyot shahri” maqomini olishga ham munosib. Lekin bunday boy meros haligacha tizimli o‘rganilmagani, ilmiy tadqiqotlar olib borilmagani qayd etilgan.

Shu bois, Qo‘qon adabiy muhiti antologiyasi va elektron platformasini yaratish, Adabiyot va ijod maktabini tashkil etish taklif qilingan.

Axborot xurujlari avj olayotgan hozirgi davrda yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni ommalashtirish har qachongidan ham dolzarb ekani ta’kidlangan. Shuning uchun bu yil viloyatdagi 100 ta mahallada namunaviy mahalla kutubxonalari tashkil etiladi, buk-kafe ochgan tadbirkorlarga soliq va ijara to‘lovlaridan imtiyoz beriladi.

Prezidentimiz “Burhoniddin Marg‘inoniy” ilmiy-ma’rifiy va turizm majmuasida har ikki yilda Xalqaro kitobxonlik festivalini o‘tkazish, ushbu tadbirga dunyoning mashhur yozuvchi va shoirlarini taklif qilish tashabbusini bildirgan.
 


Maqola muallifi

Teglar

UNESCO Qo'qon Adabiyot shahri

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing