Qozog‘iston Qirg‘izistondagi yer uchastkalarini ijaraga oldi
Olam
−
29 dekabr 2025 7526 1 daqiqa
Bugun, 29 dekabr kuni Qozog‘iston Qirg‘iziston Respublikasidan Issiqko‘l viloyatida joylashgan yer uchastkalarini 49 yil muddatga ijaraga oldi. Bu haqda Qozog‘iston Majlisiga tayanib “Sputnik Kz” xabar berdi.
Qayd etilishicha, Qozog‘iston Majlisi Issiqko‘l hududidagi yerlarni ijaraga olish to‘g‘risidagi hukumatlararo kelishuvni ratifikatsiya qilgan. Qozog‘iston va Qirg‘iziston hukumatlari o‘rtasidagi mazkur bitim 2009 yil 1 dekabrda imzolangan.
Majlis xabarida aytilishicha, kelishuvga muvofiq Qozog‘iston tomoni Qirg‘iziston Respublikasining Issiqko‘l viloyatida joylashgan yer uchastkalarini 49 yil muddatga ijara asosida vaqtincha foydalanish uchun olgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur yer uchastkalari bo‘sh emas. Ularda sanatoriy, ikkita dam olish uyi hamda sport-sog‘lomlashtirish markazi joylashgan. Majlis ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu inshootlar Qozog‘iston SSR davrida barpo etilgan.
Parlament tomonidan tasdiqlangan kelishuv Qozog‘istonga to‘rtta kurort va dam olish maskaniga egalik qilish huquqini belgilab beradi. Shuningdek, hujjat Qozog‘iston tomoniga ushbu inshootlarni (bazadan tashqari) 2029 yil oxiriga qadar 3 va 4 yulduzli mehmonxonalar darajasiga yetkazish majburiyatini yuklaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘iston Ibrohim kelishuvlariga qo‘shilgani haqida xabar berilgandi. Bu kelishuv Islom dini ustuvor bo‘lgan mamlakatlar bilan Isroil o‘rtasida munosabatlarni normallashtirishni ko‘zda tutadi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025