Qozog‘iston osmonida noma’lum uchar “likopcha” aniqlandi

Olam

image

Qostanay viloyatining Rudniy shahrida yashovchi bir erkak o‘zi “noma’lum uchuvchi ob’ektlar” deb atagan narsalarning video va fotosuratlarini e’lon qildi. Uning aytishicha, bu ob’ektlar kecha, 10 may kuni kechqurun shahar osmonida paydo bo‘lgan.

Erkak “Halyqstan” Telegram-kanali jurnalistlariga bu kuzatuvga oldindan tayyorgarlik ko‘rganini aytgan. Uning fikricha, bunday hodisalar deyarli har yili aynan shu davrda Rudniy osmonida kuzatiladi. Faqat 2023 yil bundan mustasno bo‘lgan.

“Men optik qurilmalarni tayyorlab kutdim va mana, ular uchib kelishdi. Ikkita ob’ekt paydo bo‘lib, biri ikkinchisining ostida joylashdi. Avvaliga yulduzga o‘xshagan yorqin nur ko‘rindi. Darhol optikani to‘g‘riladim va “Salom, yigitlar, men sizlarni bir yil kutdim” deb aytdim”, degan erkak.

Uning ta’rificha, yuqoridagi ob’ektning yorqin nurli gumbazi pastga qaragan “likopcha” shaklida bo‘lgan. Pastdagi ob’ekt esa piramida shaklida bo‘lgan, ammo qorong‘ulik sabab uning tafsilotlarini aniq ko‘rishning imkoni bo‘lmagan. Har ikki ob’ekt shahar ustida taxminan 21 daqiqa deyarli qimirlamasdan turib qolgan, shundan keyin bir lahza chaqnab, yo‘qolib ketgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH uchar jismlarga aloqador arxiv ma’lumotlarni e’lon qilishni boshlagani haqida xabar qilingan edi.

Oybek Rustamov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Qozog'iston uchar “likopcha”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing