Qozog‘iston Yaponiyaga ot go‘shtini eksport qiladi

Olam

image

Qozog‘istonning "Zhabyak LLP" va Yaponiyaning "Senko Farm" kompaniyasi otlar va ot go‘shti mahsulotlari eksportini rivojlantirishga qaratilgan hamkorlik memorandumini imzoladilar. Bu haqda “Suptnik Kz” xabar berdi.

Qayd etilishicha, bu loyihani ishlab chiqish bir necha yil davom etgan. Kazakh Invest ta’kidlashicha, loyiha yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlarni yetkazib berishga va Yaponiya bozorining qat’iy veterinariya va sanitariya talablariga javob berishga qaratilgan. 

“Biz ushbu kelishuv ustida besh yildan ortiq vaqt davomida ish olib bormoqdamiz. Shu vaqt ichida biz ishlab chiqarish jarayonlarini moslashtirish, barcha zarur ruxsatnomalarni olish va Yaponiya bozori talab qiladigan sertifikatlashtirishga erishish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirdik. Senko bilan memorandum imzolash muhim bosqich bo‘lib, Qozog‘iston ot go‘shtini dunyoning eng talabchan bozorlaridan biriga olib chiqish imkonini ochadi va mahsulotlarimizning raqobatbardoshligini tasdiqlaydi”, dedi LLP kompaniya vakili.

Bu Qozog‘iston mahsulotlarining Yaponiya bozoriga bosqichma-bosqich kirishini, shu jumladan sifat, kuzatuv va sertifikatlash standartlariga muvofiqligini ta’minlaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘iston Rossiyadan cho‘chqa go‘shti importini oshirgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston eksport Yaponiya go'sht

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing