Qozog‘istonda bloger o‘zini tiriklay ko‘mib, video oldi (video)
Olam
−
04 Sentabr 18412 1 daqiqa
Qozog‘istonning Olmaota shahrida bloger o‘zini tiriklayin ko‘mdi va qabr ichida jonli efir olib bordi. Bu haqda “Nur.kz” xabar berdi.
Nashrning yozishicha, bloger mashhurlikka erishish maqsadida qabr ichida jonli efir olib borishni rejalashtirgan. Shundan so‘ng, u do‘stlari bilan birga o‘ra qazib, o‘raning ichiga tobut qo‘ygan va tobutning ichiga o‘zi kirib yotgan. Blogerning do‘stlari esa, uni qabrga qo‘yib, tobutning og‘zini berkitgan.
Video tarmoqlarda tarqalgandan keyin ko‘pchilik blogerning harakatlarini qoralagan.
“Ulardan biri hayoti xavf ostida qolgan holda o‘zini tiriklayin ko‘mib jonli efirga chiqdi. Umid qilamizki, politsiya profilaktik chora ko‘radi”, deya fikr bildirgan tarmoq foydalanuvchilari.
Olmaota shahar politsiyasi voqeaga munosabat bildirib, mazkur holat yuzasidan tekshiruv o‘tkazilishi va qonunchilikka muvofiq choralar ko‘rilishini bildirgan.