Qozog‘istonda endi davlat xizmatchilari qozoq tilini bilishi shart bo‘ladi

Olam

image

Qozog‘iston hukumati 2023-2029 yillarda davlat tilini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqladi. Unga ko‘ra, qozoq tili davlat xizmatining asosiy tiliga aylanadi. Hujjat matni mamlakat hukumati saytida e’lon qilindi. 

“Konsepsiyani amalga oshirish jarayonida davlat xizmatchilarining qozoq tilini bilish majburiyatini yuklovchi talablar ishlab chiqiladi. Shu bilan birga, davlat tili davlat xizmatining asosiy ish tiliga aylanadi”, deyiladi hujjat matnida.

Konsepsiyada KAZTEST tizimi bo‘yicha B2 darajasida qozoq tilini biladigan davlat xizmatchilarining ulushi 2029 yilda 50 foizni (2023 yilda bu ulush 35 foizni tashkil etadi) tashkil etishi kerakligi qayd etilgan. Davlat organlari va milliy kompaniyalarda davlat tilida hujjat aylanishining ulushini 2029 yilda 94 foizga (2023 yilda – 91 foiz) oshirish rejalashtirilgan.

Shuningdek, Qozog‘iston hukumati 2029 yilda davlat tilida so‘zlashuvchi aholi ulushini 84 foizga (2023 yilda – 81 foiz), qozoq tilidagi teledasturlar ulushini 84 foizga oshirishni istamoqda (2023 yilda 70 foiz). Respublikada va xorijda o‘tkaziladigan xalqaro tadbirlarda qozoq tilidan foydalanish ulushini 75 foizgacha (2023 yilda – 52 foiz) oshirish ko‘zda tutilgan.

Qozog‘iston Konstitutsiyasining 7-moddasida qozoq tili davlat tili hisoblanadi. Shu bilan birga, davlat tashkilotlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarida rus tili rasmiy ravishda u bilan teng qo‘llaniladi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston davlat xizmatchilari qozoq tili

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made