Qozog‘istonda Konferensiyalar ligasi finali o‘tkazilishi mumkin

Sport

image

Qozog‘iston 2028 yoki 2029 yilgi UEFA Konferensiyalar ligasi finalini o‘tkazish uchun ariza topshirdi. Dastlabki arizada ikki shahar – Ostona va Olmaota nomzod sifatida ko‘rsatilgan. Bu haqda UEFA rasmiy saytida xabar berildi.

Shuningdek, 2028 va 2029 yilgi Konferensiyalar ligasi finaliga mezbonlik qilish uchun Fransiya (Lill – “Stad Per-Morua”), Vengriya (Budapesht – “Pushkash Arena”), Italiya (Turin – “Yuventus” stadioni) va Polsha (Gdansk – “Arena Gdansk”) davlatlari ham ariza topshirgan. Finlyandiya esa 2029 yilgi finalni Xelsinkidagi Olimpiya stadionida o‘tkazishdan manfaatdor ekanini bildirgan.

Konferensiyalar ligasi Yevropa klublari musobaqalari ichida eng yosh turnir hisoblanadi. U ilk marta 2021-2022 yilgi mavsumda o‘tkazilgan. Joriy yilgi finalda esa Londonning “Chelsi” klubi Ispaniyaning “Betis” jamoasini 4:1 hisobida mag‘lub etib, turnir g‘olibiga aylangan. 2026 yilgi Konferensiyalar ligasi finali esa Germaniyaning Leypsig shahrida o‘tkazilishi belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonning “Qayrat” jamoasi joriy yilning 26 avgust kuni Yevropa Chempionlar ligasi saralash bosqichining hal qiluvchi bahsida Shotlandiyaning “Seltik” klubini mag‘lub etib, o‘z tarixida ilk bor turnirning guruh bosqichiga yo‘llanma qo‘lga kiritga edi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Ostona Olmaota Konferentsiyalar ligasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing