Nani Qozog‘iston klubiga ko‘chib o‘tdi
Sport
−
26 yanvar 1011 2 daqiqa
Qozog‘istonning “Aktobe” futbol klubi taniqli portugaliyalik futbolchi Luish Nani bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Portugaliya terma jamoasi afsonasi Luis Nani bilan 2026 yil oxirigacha mo‘ljallangan shartnoma tuzilgan. Uning “Aqtobe”dagi maoshi oshkor qilinmagan, biroq xabarlarga ko‘ra, bu mahalliy Premer-liga tarixidagi eng yuqori maosh bo‘lishi aytilmoqda.
“Men “Aktobe” klubiga qo‘shilganimdan juda xursandman va Qozog‘istonda klub hamda futbol rivojiga hissa qo‘shishni istayman. Klub egasi janob Nurlan Artiqbayevga, rais janob Arman Ospanovga va viloyat hokimi janob Asxat Shaxarovga mehmondo‘stlik va qo‘llab-quvvatlashlari uchun minnatdorchilik bildiraman. Klubning kelajakka oid qarashlari va rejalaridan juda ta’sirlandim. Bizni ham ichki, ham xalqaro maydonda yangi cho‘qqilarga olib chiqish uchun bor kuchimni sarflayman”, deydi Nani.
Ma’lumot uchun, Nani faoliyati davomida Yevropaning bir qator yetakchi klublarida to‘p surgan. Jumladan, u Portugaliyaning “Sporting”, Angliyaning “Manchester Yunayted”, Turkiyaning “Fenerbahche”, Ispaniyaning “Valensiya” va Italiyaning “Latsio” jamoalarida o‘ynagan. “Manchester Yunayted” safida u to‘rt marta Angliya Premer-ligasi, shuningdek, bir marta Chempionlar ligasi g‘olibiga aylangan.
Qanot futbolchisi Portugaliya terma jamoasi safida 112 ta o‘yinda maydonga tushib, 24 ta gol muallifi bo‘lgan. 2016 yilda esa terma jamoa bilan Yevropa chempioni unvonini qo‘lga kiritgan.
Live
Barchasi