Qozog‘istonda Sun’iy intellekt universiteti ochiladi

Olam

image

2026 yilda Qozog‘istonda yangi formatdagi texnologik oliygoh – Sun’iy intellekt universiteti ochiladi. Bu haqda kecha, 24 aprel kuni Prezident Qosim-Jomart To‘qayev “Alem.ai battle” va “AI Governance Cup” tanlovlari g‘oliblarini taqdirlash marosimida so‘z yuritdi.

Prezidentning ta’kidlashicha, hozirgi asosiy vazifa ushbu soha uchun malakali kadrlar tayyorlash, iqtidorli yoshlarni jalb qilish va ularga sifatli ta’lim uchun sharoit yaratishdir.

Shuningdek, davlat rahbari 2026 yilning kuzida mamlakatda muhim xalqaro tadbir – Astana AI Film Festival o‘tkazilishini ma’lum qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu tadbir global miqyosda ilk bor o‘tkaziladigan va kreativ industriya rivojidagi tub o‘zgarishlarni aks ettiradigan loyiha bo‘ladi.

To‘qayevning fikricha, raqamlashtirish va sun’iy intellektning keng joriy etilishi katta o‘zgarishlarga yo‘l ochadi.

“Shu bois, biz fuqarolarning bilimlarini oshirish va ularni raqamli ko‘nikmalarga o‘rgatishga alohida e’tibor qaratmoqdamiz. Hozirda 650 mingdan ortiq talaba Al Sana dasturi bo‘yicha tahsil olmoqda. Yaqin kelajakda sun’iy intellekt va deeptech yo‘nalishlarida yana 100 ming mutaxassis tayyorlash zarur”, degan u marosimda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq sun’iy intellekt sabab milliarderlar soni ortayotgani, 2031 yilga borib dunyo bo‘ylab milliarderlar soni qariyb 4 ming nafarga yetishi mumkinligi xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston oliygoh Sun'iy intellekt universiteti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing