Qozog‘istonda transport vositalarini olib kirishga yangi cheklov qo‘yiladi

Olam

image

Joriy yilning 20 oktyabr sanasidan boshlab qo‘shni Qozog‘istonda transport vositalarini olib kirishga yangi cheklovlar joriy etiladi. Bu haqda “Tengrinews“ xabar berdi.

Xabarda ta’kidlanishicha, endilikda jismoniy shaxslar allaqachon foydalanilgan ayrim turdagi transport vositalari va avtobuslarni import qila olmaydi. Hukumat brifingida Sanoat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Muhammad Andakov o‘zgartirishlar Yevrosiyo iqtisodiy komissiyasining 2025 yil 23 maydagi qarori bilan tasdiqlanganini tushuntirdi. Hujjatda Qozog‘istonga avtomototransport vositalarini olib kirish tartibini aniqlovchi 74 ta nizomga o‘zgartirishlar kiritilgan.

“Jismoniy shaxslar mamlakatga yengil avtomobillardan boshqa maxsus texnikalarni olib kirish imkoniga ega bo‘lmaydi. Endi faqat yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar Qozog‘iston va Yevropa Ittifoqida amal qiluvchi tegishli xavfsizlik sertifikatini olgan holda avtomobillar va maxsus jihozlarni olib kirishi mumkin bo‘ladi“, dedi Andakov.

Uning ta’kidlashicha, cheklov yengil avtomobillarga ta’sir qilmaydi, faqat maxsus texnika va avtobuslarga tegishli bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, ko‘pchilik qozog‘istonliklar pulni tejash maqsadida Rossiya, Armaniston, Belarus va Qirg‘izistondan avtomobil sotib oladi. Lekin bu davlatlardan olib borilgan ba’zi avtomobillarni Qozog‘istonda ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin emas.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonga yakka tartibda yoki xususiy tadbirkorlar tomonidan import qilinadigan avtomobillar uchun elektromagnit moslashuvchanlik tekshiruvi joriy qilinishi haqida xabar berilgandi.

Amirxon Usmonov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Qozog'iston transport cheklov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing