Qudbiyev Soliq qo‘mitasi raisligidan ketdi

Jamiyat

image

Sherzod Qudbiyev bugun, 20 noyabr kuni Soliq qo‘mitasi raisi lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sherzod Davlatovich Qudbiyevni yangi tashkil etilgan Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlangani to‘g‘risidagi farmonni imzolagan. 

Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi raisi lavozimidan ozod etilgan.

Ma’lumot uchun, Sherzod Qudbiyev 1981 yil 12 aprelda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. U 2000 yilda bakalavr darajasini va 2002 yilda Farg‘ona politexnika institutida magistr darajasini olgan. 

  • 2002 — 2007 yillarda Farg‘ona politexnika institutida; 
  • 2007 — 2010 yillarda Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligida;
  • 2010 — 2012 yillarda va 2015 — 2016 yillarda Vazirlar Mahkamasida;
  • 2012 — 2015 yillarda Respublika bandlik, mehnatni muhofaza qilish va aholini ijtimoiy himoya qilish ilmiy markazi direktori lavozimida ishlagan. 

2016 yildan 2018 yilgacha Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi bo‘lgan. 

2018 yildan 2019 yilgacha Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri lavozimida faoliyat yuritgan. 

2019 yildan 2020 yilgacha Prezidentining maslahatchisi lavozimida ishlagan. 

2020 yildan 2022 yilgacha O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasini boshqargan. 

2023 yil yanvaridan iyuliga qadar O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vaziri bo‘lgan. 

2023 yil avgustidan beri Soliq qo‘mitasi raisi lavozimida ishlab kelmoqda.
 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing