$10 minglik sir: Qo‘qonda erkak tanishini “shantaj” qildi (video)

3-sahifa

image

Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida yigit o‘z tanishining sir saqlanishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarini oshkor etish bilan qo‘rqitib, 10 ming dollar talab qildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi. 

Ma’lum bo‘lishicha, Qo‘qon shaxrida yashovchi 2000 yilda tug‘ilgan shaxs o‘ziga avvaldan tanish bo‘lgan fuqaroning sir saqlanishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarini qo‘lga kiritgan. So‘ng ushbu fuqaroni o‘zidagi mavjud ma’lumotlarni oshkor qilib, sharmanda qilish bilan qo‘rqitgan. Shundan keyin jabrlanuvchidan ushbu ma’lumotlarni oshkor etmaslik evaziga 10 ming dollar talab qilgan. 

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Qo‘qon shahar “G‘oziyog‘liq” mahallasida gumonlanuvchi talab qilingan 10 ming dollarni olgan vaqtida qo‘lga olingan. 

Hozirda holat yuzasidan ushbu shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘onada 21 yoshli yigit o‘zi tayyorlagan pornografik rasmlar orqali “shantaj” qilgan edi.

Shahzoda Shukurullayeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Farg'ona viloyati Qo'qon “shantaj”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing