Qo‘qonda o‘lim bilan tugagan portlashning sababi aniqlandi (video)

3-sahifa

image

Joriy yilning 25 fevral kuni Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahridagi ko‘p qavatli uylardan birida gaz-havo aralashmasi chaqnagandi. Oqibatda bir kishi halok bo‘lib, voqea yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi portlash sababini ma’lum qildi. 

Unga ko‘ra, mutaxassislar tomonidan o‘rganish jarayonida ushbu chaqnash uy egasi gaz plitasidan foydalangan paytda nosoz va nostandart shlangdan foydalangani aniqlangan va bu katta chaqnashga sabab bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona viloyati IIB 2-mintaqaviy hudud Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 259-moddasi (yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, jinoyat ishi Tergov departamenti tomonidan nazoratga olingan.

Ma’lumot uchun, joriy yilning birgina fevral oyida Qo‘qonda 2 ta holatda gaz bilan bog‘liq chaqnash oqibatida portlash kuzatilgan.


Maqola muallifi

Teglar

portlash Qo'qon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing