Qurilish vazirligi binosini “dom quruvchi” kompaniya sotib oldi
Jamiyat
−
16 dekabr 3505 1 daqiqa
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligiga tegishli bo‘lgan ma’muriy bino e-auksion elektron savdolari orqali sotildi. Shayxontohur tumani Abay ko‘chasi, 6-uy manzilida joylashgan ushbu bino 182,5 milliard so‘mga sotilgan.
Unga ko‘ra, binoni “O‘zshahar qurilish invest” MCHJ sotib olgan. Avvalroq Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining Yangi Toshkent shahriga ko‘chib o‘tishi haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq vazirlikning Yangi Toshkentga to‘liq ko‘chib o‘tgani bo‘yicha hozircha rasmiy ma’lumot berilmagan.
Ochiq ma’lumotlarga ko‘ra, "O‘zshahar qurilish invest" MCHJ poytaxtda qator yirik turarjoy loyihalari qurilishini amalga oshirmoqda.
Live
Barchasi