Qo‘rqdi. Netanyaxuning samolyoti Erondagi vaziyat sabab Isroilni tark etdi
Olam
−
14 yanvar 25859 1 daqiqa
Eron va AQSH o‘rtasidagi munosabatlarning keskinlashuvi fonida Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning samolyoti mamlakat tashqarisiga chiqarib yuborildi.
FlightRadar24 ma’lumotlariga ko‘ra, Netanyaxuga tegishli “Sion qanotlari” nomli samolyot Isroil janubidan parvoz qilib, mamlakat havo hududini tark etgan. Bosh vazirning o‘zi bo‘lmagan samolyotning yo‘nalishi haqidagi ma’lumot oshkor qilinmagan.
Netanyaxu samolyotining Isroildan tashqariga chiqarilishi, kuchayib borayotgan taranglik va AQSHning Eronga zarba berishi ehtimoli fonida alohida e’tibor tortmoqda.
Ayni vaqtda OAVda Eronda davom etayotgan norozilik va namoyishlardan so‘ng AQSHning Islom Respublikasi hududiga harbiy zarba berishi ehtimoli muhokama qilinmoqda. Bir qator tahlilchilarning fikricha, bunday zarba berilgan taqdirda, Eron javob zarbasini berishi mumkin, jumladan Isroil hududiga ham.
E’tiborli jihati shundaki, bunday chora ilgari ham qo‘llanilgan. 2025 yil iyun oyida Eron-Isroil mojarosi paytida ham Netanyaxuning samolyoti mamlakatdan chiqarib yuborilgan va Gretsiyaga ko‘chirilgan edi.
Live
Barchasi