Quvaytning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Quvaytning mamlakatdagi yangi tayinlangan elchisi Turki Xolid Hamad al-Mikraddan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi. Bu haqda Saidov o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

Uning bildirishicha, O‘zbekiston va Quvayt o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari kun tartibi markazida bo‘lgan.

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylarining 2025 yil fevral oyida Quvaytga amalga oshirgan davlat tashrifi ikki tomonlama munosabatlarimizni yangi bosqichga olib chiqqanini qayd etdik”, deydi Saidov.

Unga ko‘ra, ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi hamda boshqa xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi hamkorlikni kuchaytirish masalalari ham ko‘rib chiqilgan.

“Elchi janoblariga O‘zbekistondagi mas’uliyatli va sharafli faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz”, deydi Saidov.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Baxtiyor Saidov Norvegiyaning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlangan Xelen Sand Andresendan ishonch yorliqlarini qabul qilib olgandi.


Maqola muallifi

Teglar

elchi Baxtiyor Saidov Turki Xolid Hamad al-Mikrad

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing