Saidov Mirziyoyevning maktubini Saudiya shahzodasiga topshirdi
Jamiyat
−
06 may 1847 1 daqiqa
Joriy yilning 4 may kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Saudiya Arabistoniga tashrifi doirasida Prezident Shavkat Mirziyoyevning maktubini Saudiya Arabistoni Valiahd shahzodasi va Bosh vaziri Muhammad bin Salmon Ol Saudga topshirdi. Bu haqda “Dunyo” xabar berdi.
Maktub Ar-Riyoddagi muzokaralar chog‘ida Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Faysal bin Farhon Ol Saud orqali topshirilgan.
Tashrif davomida Saudiya Arabistoni investitsiyalar vaziri Fahad bin Abdujalil Al-Saif bilan uchrashuv o‘tkazilgan. Unda investitsiyaviy hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollari, jumladan, ustuvor tarmoqlarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilingan.
Qolaversa, Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi bosh kotibi Jasim Muhammad Al-Budayviy bilan ham muzokaralar bo‘lib o‘tgan. Tomonlar Ko‘rfaz va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, ikkinchi sammitga tayyorgarlik ko‘rish va ko‘p tomonlama aloqalarni kengaytirish masalalarini muhokama qilgan.
Bundan tashqari, uchrashuvda xavfsizlik sohasidagi dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalar xususida ham to‘xtalib o‘tilgan. Kengash bosh kotibi a’zo davlatlarni qo‘llab-quvvatlagani uchun O‘zbekistonga minnatdorlik bildirgan.
Live
Barchasi