Qo‘ylariga hujum qilgan bo‘rini o‘ldirgan cho‘pon jazolandi (video)

3-sahifa

image

Surxondaryoda bo‘rini ushlab olib, unga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lgan va uni o‘ldirgan fuqarolarga nisbatan ma’muriy jarima qo‘llanildi. Bu haqda viloyat Ekologiya boshqarmasi ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, holat yuzasidan Surxondaryo viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasining mas’ul davlat inspektorlari tomonidan tezkor o‘rganish ishlari olib borilgan. Unda aniqlanishicha, mazkur holat 2025 yil 10 dekabr kuni Uzun tumani Beshkapa mahallasi hududida sodir bo‘lgan. Fuqaro o‘ziga tegishli bo‘lgan mayda shoxli qora mollari (qo‘ylarini) adirlikda o‘tlatib yurgan vaqtida bo‘ri hujumiga uchragan. 

Fuqaroning so‘zlariga ko‘ra, u chorva mollarini  bir qismini himoya qilish va asrash maqsadida bo‘rini ta’qib qilgan va oqibatda bo‘ri nobud bo‘lgan.
Fuqaroning harakatlari oqibatida O‘zbekiston Respublikasining “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi qonunning 33-moddasi talablari buzilgani aniqlangan va mazkur qonunning 53-moddasiga muvofiq javobgarlik choralari belgilangan. 

Unga ko‘ra, fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 90-moddasi 1-qismi (Ov qilish va baliq ovlashning taqiqlangan qurollarini yoki vositalarini tayyorlash, olib kirish, saqlash, tashish yoki yuborish, olish yoxud sotish) asosida BHMning 20 barobari – 8 million 240 ming so‘m miqdorida  ma’muriy jarima qo‘llandi.

Ma’lumot o‘rnida:  Bo‘ri O‘zbekiston Respublikasining “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi qonuni bilan muhofaza qilinadigan yovvoyi hayvon turlaridan biri hisoblanadi. Unga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish, qiynoqqa solish yoki noqonuniy harakatlarni amalga oshirish amaldagi qonunchilikka zid bo‘lib, belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahrida yashovchi fuqaro o‘z itini avval boqib, parvarishlab, so‘ng so‘yib yeb yuborgani xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo cho'pon jazolandi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing