Surxondaryoda ayol va bolasini molxonada saqlaganlar qamaldi

3-sahifa

image

Avvalroq, Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida erkak ayoli va uning yangi tug‘ilgan farzandiga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik qilib, ularni 5 oy davomida majburan molxonada saqlagani haqida xabar berilgandi. Ayol va uning bolasiga vahshiylarcha munosabatda bo‘lganlarga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, o‘tgan yilning 26 avgust kuni Uzun tumanidagi mahallalarning birida noma’lum ayol kishi antisanitariya holatida xonadon egalari tomonidan molxonada majburiy ushlab turilgani haqida IIBga xabar tushgan. Shunga asosan, mahalla profilaktika inspektori zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, xonadon egalarining qarshiligiga qaramasdan molxona eshigini buzgan. Natijada 1981 yilda tug‘ilgan xonadon egasi Sh.A. molxonada 1997 yilda tug‘ilgan turmush o‘rtog‘i X.G. va uning 5 oylik o‘g‘il farzandini og‘ir sharoitda majburlab saqlab kelayotgani aniqlangan. Jabrlanuvchilar zudlik bilan tibbiyot muassasasiga joylashtirilgan.

Holat o‘rganilganda xonadon egasi fuqaro Sh.A. shu xonadonda yashovchi onasi va yaqin qarindoshlari bilan oldindan til biriktirib, turmush o‘rtog‘i X.G.ni ruhiy holatidagi o‘zgarishlari borligidan (tilida nuqsoni borligi, fikrlarini to‘liq bayon qilishga qiynalishi) foydalanib, bir necha oy davomida unga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik ishlatib, majburlab, xonadon ichidagi molxonada yashirin ravishda saqlab kelgani aniq bo‘lgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Uzun tuman sudining hukmi bilan A. Sh. Jinoyat kodeksining 126-1-moddasi (oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik), 127- (voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish), 25,135- (odam savdosi) va 138-moddalarida (zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish), M. Sh. (ayol, 1975 yilda Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan), K. Sh. (ayol, 1978 yilda Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan) va Z. A. (ayol, 1951 yilda Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan) 104- (qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish), 127- (voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish), 25,135- (odam savdosi) va 138-moddalarida (zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilgan.

Sudning hukmi bilan A. Sh.ga 13 yil, M. Sh. va K. Sh.ga 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi, Z. A.ga 5 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.


Maqola muallifi

Teglar

sud Surxondaryo molxona

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing