Quyuq tuman tufayli Qarshi aeroportiga samolyotlar qo‘nolmayapti

3-sahifa

image

Noqulay ob-havo sharoiti sababli Qarshi xalqaro aeroportida havo kemalarini qabul qilishga vaqtinchalik cheklovlar joriy etildi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” matbuot xizmati xabar berdi.

Cheklovlar sababli “Ural Airlines” aviakompaniyasining Moskva – Qarshi yo‘nalishidagi SVR2457 reysi ekipaji belgilangan manzilga qo‘nishning imkoni yo‘qligini ma’lum qilgan.

Uchuvchilar vaziyatni baholab, Samarqanddagi muqobil aerodromga yo‘nalishni o‘zgartirishga qaror qilgan. Hozirda samolyot Samarqand shahriga xavfsiz qo‘nishni amalga oshirgan.

Avvalroq, noqulay ob-havo sabab vodiy viloyatlaridagi aeroportlar faoliyatida ham texnik uzilishlar kuzatilgan edi.

Ma’lumot uchun, O‘zgidromet yaqin soatlarda mamlakatning janubiy hududlarida ko‘rish masofasi pasayishi va kuchli tuman bo‘lishi haqida ogohlantirgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Qozog‘istonning Atirau xalqaro aeroportida yo‘lovchi hazillashib, qo‘l yukida “bomba borligi”ni aytgach, barcha reyslar kechiktirilgandi.

Nigora Muhammadiyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

aeroport Quyuq tuman samolyotlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing