Toshkent aeroportida chet ellik shaxs 9 ming dollar o‘g‘irladi (video)
3-sahifa
−
09 aprel 8356 1 daqiqa
Joriy yilning 4 aprel kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida chet el fuqarosi tomonidan o‘g‘irlik sodir etildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 1994 yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan fuqaro “Nyu-York – Toshkent” yo‘nalishidagi aviareys orqali O‘zbekistonga yetib kelgan. U o‘z yukini tekshirish jarayonida jami 9000 dollar miqdoridagi pul mablag‘lari yo‘qolganini aniqlagan. So‘ng ichki ishlar organlari xodimlariga xabar bergan.
Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida jinoyat fosh etilgan. Aniqlanishicha, uni o‘sha reysda parvoz qilgan chet el fuqarosi sodir etgan. Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida joylashgan mas’uliyati cheklangan jamiyat yerto‘lasidan ichida 50 ming dollar bo‘lgan seyfni o‘g‘irlagan “kurer” va uning sheriklari ushlangandi.
Shahzoda Shukurullayeva
Live
BarchasiDehqonobod tumaniga sel keldi
23 aprel