Kannavaro AQSHdagi tekshiruvlar yuzasidan izoh berdi

Sport

image

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro jamoasi Nyu-Yorkka yetib borgach, AQSH xavfsizlik xizmatlari tomonidan o‘tkazilgan kuchaytirilgan tekshiruvlar haqida fikr bildirdi. Bu haqida Kannavaro “Corriere dello Sport” nashriga bergan intervyusida to‘xtaldi. 

Avvalroq, futbolchilar va delegatsiya a’zolari xizmat itlari hamda metall detektorlar yordamida alohida tekshiruvdan o‘tkazilgani haqida xabar berilgan edi. Shuningdek, futbolchilarning shaxsiy buyumlari vaqtincha olib qo‘yilib, joyida tekshirilgan.

“Bu oddiy tekshiruv edi. Hozirgi kunda bunday nazorat deyarli har qanday aeroportda amalga oshiriladi. AQSHda esa bu jarayon to‘g‘ridan to‘g‘ri stadionga kelgan joyimizda o‘tkaziladi”, deya izoh berdi Kannavaro.

2026 yilgi Jahon chempionati O‘zbekiston milliy terma jamoasi uchun tarixdagi ilk ishtirok bo‘ladi. Guruh bosqichida o‘zbekistonlik futbolchilar Kolumbiya, Portugaliya va Kongo Demokratik Respublikasi terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh O'zbekiston Fabio Kannavaro

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing