Kapadze O‘zbekiston terma jamoasini tark etdi
Sport
−
10 noyabr 10910 1 daqiqa
O‘zbekiston milliy terma jamoasi yordamchi murabbiyi Temur Kapadze o‘z xohishiga binoan lavozimidan ozod etilishini so‘radi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Kapadze o‘z faoliyatini yangi bosqichda davom ettirish istagini bildirgan holda, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyatiga lavozimidan ozod etilish to‘g‘risida murojaat qilgan.
Mutaxassisga boshqa taklif tushgani hamda u o‘z murabbiylik faoliyatini bosh murabbiy sifatida davom ettirish niyatida ekanligi bois, O‘FA rahbariyati uning qarorini hurmat bilan qabul qilgan.
“O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Temur Kapadzening o‘zbek futboli rivojiga qo‘shgan hissasi uchun samimiy minnatdorlik bildiradi va uning murabbiylik faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Temur Kapadze Indoneziya milliy terma jamoasini boshqarish uchun nomzodlar qatorida tilga olinayotgani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi