Keskin pasayishdan so‘ng dollar kursi ko‘tarildi
Jamiyat
−
15 may 15886 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 18 may kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 10,94 so‘mga oshdi va 11 986,30 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi 83,08 so‘mga pasaydi va 13 937,67 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rubli 0,7 so‘mga oshdi va 163,61 so‘mni tashkil etdi.
Xitoy yuani 5,03 so‘mga pasaydi va 1759,92 so‘m etib belgilandi.
Oltinning 1 grammi uchun narx esa 8 ming 200 so‘mga pasaydi va 1 mln 872 ming 400 so‘mni tashkil qildi.
“TradingView” ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 15 may Toshkent vaqti bilan soat 16:00 holatiga ko‘ra, bitkoin kursi 15 mln 162 ming 340 so‘mga oshdi va 967 mln 749 ming 640 so‘m etib belgilangan.
Live
Barchasi