Keyn Bundesligada oy futbolchisi deb topildi
Sport
−
10 Oktabr 1292 1 daqiqa
Angliyalik hujumchi Harri Keyn Germaniya Bundesligasida 2025 yil sentyabr oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. “Bavariya” hujumchisi ushbu unvonga o‘tgan oy davomida ko‘rsatgan yuqori darajadagi o‘yini va samarali gollari evaziga sazovor bo‘ldi. Bu haqda Bundesliga rasmiy sayti xabar berdi.
Musobaqa tashkilotchilari ma’lumotiga ko‘ra, Keyn muxlislar, futbol mutaxassislari va statistik ko‘rsatkichlar asosida o‘tkazilgan ovoz berish natijasida oy futbolchisi deb topildi.
Keyn sentyabr oyi davomida Bundesliganing uchta uchrashuvida maydonga tushib, 7 ta gol urdi hamda jamoasining barcha o‘yinlarida g‘alaba qozonishida muhim rol o‘ynadi. Ayniqsa, u “Ayntraxt” va “Verder”ga qarshi bahslarda dubl qayd etib, o‘zining ajoyib gollari bilan muxlislar e’tirofiga sazovor bo‘ldi.
Bu Keynning Germaniyada Bundesliga futbolchisi sifatida olgan navbatdagi mukofoti bo‘lib, u 2023 yilda “Tottenxem”dan “Bavariya”ga o‘tganidan beri jamoaning asosiy hujumchisi sifatida harakatlanmoqda.
Ma’lumot uchun, Harri Keyn joriy mavsum Bundesligada 6 ta uchrashuvda maydonga tushib, 11 ta golni o‘z nomiga rasmiylashtirib qo‘ydi. Keyn hozirda Bundesliga to‘purarlar jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Harri Keyn “Bavariya” bilan shartnomani uzaytirish niyatida ekanligi haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi