Xabi Alonso “Liverpul”ni boshqarishi mumkin

Sport

image

“Liverpul” rahbariyati “Bayer” va “Real Madrid”ning sobiq bosh murabbiysi Xabi Alonsoning agentlari bilan muzokaralarni boshladi. Bu haqda AS nashri xabar berdi.

Manbalarga ko‘ra, mersisaydliklar 44 yoshli ispan murabbiysini jamoaga qo‘shilishini istashmoqda. Alonso o‘z navbatida ishga qaytishga tayyor, ammo birinchi taklifni qabul qilmoqchi emas va “Real Madrid”dagi faoliyatidan keyin kuchini tiklashni afzal ko‘rmoqda.

Hozirda “Liverpul”ni Arne Slot boshqarmoqda. Gollandiyalik mutaxassis 2024 yil iyuldan beri klubda ishlab, 2024-2025 yilgi mavsumda jamoani Angliya Premer-ligasi chempionligiga olib chiqqan. Ammo hozir jamoa APL jadvalida to‘rtinchi o‘rinda, yetakchi “Arsenal”dan 14 ochko orqada qolmoqda.

Ma’lumot uchun, Xabi Alonso 2004-2009 yillarda “Liverpul” safida to‘p surgan va jamoa bilan Angliya kubogi, Chempionlar ligasi va UEFA Superkubogini qo‘lga kiritgan. Alonso 2025 yil may oyidan beri “Real Madrid”ni boshqarib kelayotgan edi, ammo Madrid klubi 2026 yil 12 yanvarda Ispaniya Superkubogi finalida “Barselona”ga 2:3 hisobidagi mag‘lubiyatdan so‘ng uning iste’fosini e’lon qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xabi Alonso “Real Madrid”ni tark etganidan so‘ng Londonning “Tottenxem” klubni boshqarish bo‘yicha taklif olganligi haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

“Liverpul'” “Real Madrid” Xabi Alonso

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing