Xalqaro qidiruvdagi o‘zbekistonliklar Turkiyada ushlandi

3-sahifa

image

Xalqaro qidiruvda bo‘lgan ikki nafar shaxs Turkiyada qo‘lga olinib, O‘zbekistonga qaytarildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bo‘yicha qidiruvda bo‘lgan M.B. Turkiyada yashirinib yurgan vaqtida aniqlanib, belgilangan tartibda O‘zbekistonga qaytarilgan.

Shuningdek, Jinoyat kodeksining 104-moddasi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bo‘yicha qidiruvda bo‘lgan J.B. ham Turkiya hududida qo‘lga olinib, qonunchilikka muvofiq O‘zbekistonga topshirilgan.

Qayd etilishicha, mazkur shaxslar tergov va sud jarayonlarini davom ettirish uchun tegishli organlarga topshirilgan.

“O‘zbekiston va Turkiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari o‘rtasidagi hamkorlik jinoyatchilikka qarshi kurashish va qidiruvdagi shaxslarni topib, javobgarlikka tortish yo‘nalishida davom etmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda firibgarlik jinoyatini sodir etib, 6 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari Turkiyada qo‘lga olinib, mamlakatga qaytarilgandi. https://qalampir.uz/news/odam-savdosi-bilan-shugullangan-ayel-turkiyada-ushlandi-137432


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya o'zbekistonlik Xalqaro qidiruv

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing