Xavfsizlik sabab Osiyo kubogi qur’asi qoldirildi
Sport
−
26 mart 2690 1 daqiqa
2027 yilgi Saudiya Arabistonida mezbonligidagi Osiyo kubogi guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimi xavfsizlik nuqtai nazaridan noma’lum muddatga qoldirildi. Bu haqda Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) xabar berdi.
24 jamoa ishtirok etadigan turnir 2027 yil 7 yanvardan 5 fevralgacha Saudiya Arabistonida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Qur’a tashlash marosimi esa dastlab joriy yilning 11 aprel kuni Ar-Riyod shahrida o‘tkazilishi belgilangan edi.
“Qaror qur’a tashlash marosimida barcha manfaatdor tomonlarning to‘sqinliksiz ishtirok etishini ta’minlash maqsadida puxta o‘ylab qabul qilindi”, deyiladi OFK bayonotida.
So‘nggi vaqtlarda mintaqadagi keskin vaziyat ushbu qarorga sabab bo‘lgani aytilmoqda. Xususan, joriy yilning 28 fevral kuni AQSH va Isroil tomonidan Eron hududidagi ayrim nishonlarga zarbalar berilgani, buning ortidan Eron ham javob zarbalari yo‘llagani mintaqadagi xavfsizlik vaziyatini murakkablashtirgandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq mintaqadagi vaziyat sabab ertaga, 27 mart kuni Qatarda bo‘lib o‘tishi belgilangan Finalissima uchrashuvi bekor qilingan edi.
Live
BarchasiO‘zbekistonda zilzila sodir bo‘ldi
12 aprel