Osiyo kubogi. 17 nafar o‘zbekistonlik bokschi chorak finalga chiqdi

Sport

image

Mo‘g‘ulistonning Ulan-Bator shahrida bo‘lib o‘tayotgan boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Osiyo kubogining nimchorak final bahslari yakunlandi. Unda 17 nafar o‘zbekistonlik chorak finalga yo‘l oldi.

Musobaqada chorak finaliga eng ko‘p Hindiston terma jamoasi a’zolari chiqdi: ularning 19 nafar bokschisi ushbu bosqichda o‘z ishtirokini davom ettiradi. O‘zbekiston boks terma jamoasidan esa 17 nafar bokschi nimchorak final bahslarini muvaffaqiyatli o‘tkazib, Qozog‘iston bilan ikkinchi eng yaxshi natijani bo‘lishib oldi.

Shuningdek, chorak finalga yo‘l olgan barcha bokschilarning davlatlar bo‘yicha kesimi:

  • Mo‘g‘uliston – 12;
  • Xitoy – 12;
  • Yaponiya – 10;
  • Janubiy Koreya – 8;
  • Xitoy Taypeyi – 8;
  • Iordaniya – 7;
  • Tojikiston – 6;
  • Tailand – 6;
  • Turkmaniston – 5;
  • Qirg‘iziston – 5;
  • Shimoliy Koreya – 4;
  • Butan – 2;
  • Filippin – 2;
  • Indoneziya – 2;
  • BAA – 1;
  • Vetnam – 1.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston boks terma jamoasi jamoasi ushbu turnirga 20 nafar bokschi bilan yo‘l olgan edi.

Ramazon Usanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Osiyo kubogi o'zbekistonlik bokschi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing