Xitoy Trampdan himoyalanishga qaror qildi

Olam

image

Agar AQSH Eron bilan hamkorlik uchun Amerika yetakchisi Donald Tramp tomonidan tasdiqlangan 25 foizlik bojlarni qo‘llasa, Xitoy o‘zining qonuniy manfaatlarini qat’iy himoya qiladi. Bu haqda Xitoy Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mao Nin ma’lum qildi. 

“Tariflar urushida g‘oliblar bo‘lmaydi. Xitoy o‘zining qonuniy huquq va manfaatlarini qat’iy himoya qiladi”, deydi u.

Xitoy diplomatining aniqlik kiritishicha, Pekin bunday masalalar bo‘yicha aniq va o‘zgarmas pozitsiyaga ega.

Eslatib o‘tamiz, AQSH Prezidenti Donald Tramp Eron bilan hamkorlik qilayotgan barcha davlatlarga nisbatan 25 foizlik bojlar joriy qildi. Bu Eron islom respublikasida norozilik to‘lqini boshlanib, tartibsizliklarni uyushtirish mas’uliyati AQSH va Isroilga yuklanganidan keyin sodir bo‘ldi. Amerika yetakchisi Tehronga qarshi kuch ishlatishini istisno qilmadi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Xitoy Trampning boj siyosati

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing