Xitoy Vetnam bilan chegaraga odamsimon robotlarni joylashtiradi

Texnologiya

image

Xitoyning yetakchi robot ishlab chiqaruvchilaridan biri – UBTech Robotics kompaniyasi Xitoy va Vetnam o‘rtasidagi chegara punktlariga o‘z robotlarini joylashtiradi. Odamsimon robotlar sayohatchilarga hamrohlik qiladi, ko‘rikdan o‘tkazadi, hududni patrullaydi va logistika vazifalarini bajaradi. Bu haqda “South China Morning Post” xabar berdi.

Nashrning yozishicha, UBTech Robotics 37 million dollarlik shartnoma imzolagan. Unga ko‘ra, robotlar Vetnam bilan chegaradosh bo‘lgan Guansi avtonom rayonidagi janubiy qirg‘oq shahri Fanchenganda joylashtiriladi. Loyihada Walker S2 modelidan foydalanish nazarda tutilgan. U dunyoda batareyasini mustaqil ravishda almashtira oladigan birinchi odamsimon robot sifatida taqdim etilgan.

Bunday innovatsiya mamlakatdagi kengroq yo‘nalishning bir qismi hisoblanadi. Xitoyning robototexnika sanoati davlat siyosati ko‘magida sun’iy intellektni tijoratlashtirishga intilmoqda. Kompaniyalar bilan bir qatorda, turli provinsiyalardagi davlat muassasalari ham kundalik ish jarayonlariga robotlarni tobora ko‘proq joriy qilmoqda.

Masalan, Xitoyning sharqidagi Chjetszyan provinsiyasining immigratsiya xizmati o‘z faoliyatiga odamsimon robotlar va Unitree Robotics kompaniyasining 4 oyoqli robotlarini joriy etgan. Idora vakillarining aytishicha, bu qurilmalar “takrorlanuvchi va mashaqqatli kundalik vazifalarni bajarishi” hamda “mehnat resurslarini tejashga yordam berishi” mumkin. 

Xitoy Markaziy televideniyesi ma’lumotiga ko‘ra, Xanchjoudagi Syaoshan xalqaro aeroportida ham shunga o‘xshash robot yo‘lovchilarning murojaatlariga javob berish kabi kundalik vazifalarni bajarishda foydalanilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoyda gumanoid robot 3 kunda 66 mil (106 km) piyoda yurib, Ginnes rekordlar kitobiga kirgani va bu gumanoid mashina tomonidan bosib o‘tilgan eng uzun masofa sifatida qayd etilgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

odamsimon robot UBTech Robotics

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing