Xitoy yomg‘irda ham ishlay oladigan odamsimon robot ishlab chiqdi

Texnologiya

image

Joriy yilning 9 oktyabr kuni Xitoyning innovatsion texnologiyalar va intellektga oid ilovalar bo‘yicha yetakchi bo‘lgan Deep Robotics kompaniyasi o‘zining har qanday ob-havo sharoitida ham tashqi ishlarga moslasha oladigan dunyodagi birinchi gumanoid robotini taqdim etdi. Bu haqda “Newsfile” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yangi avlod darajasidagi gumanoid DR02 roboti kuchli harakat ko‘rsatkichi, ilg‘or aql-idroki, yuqori hisoblash quvvatli bloki va modulli dizaynni o‘zida birlashtiradi.

Shuningdek, DR02’ning asosiy afzalliklaridan biri uning IP66 darajasidagi suv va chang o‘tkazmaydigan qobiliyatidadir. Gumanoid robot -20 ℃ dan 55 ℃ bo‘lgan haroratda quruq fabrikalar va ochiq yomg‘irli muhitda ham ishlay oladi.

Ayniqsa, bu robot zavod va sanoat kabi o‘zgaruvchan tashqi muhitda vazifalarni bajarishni talab qiladigan ishlar uchun mos keladi. Shuningdek, robotning balandligi 175 sm va qo‘l uzunligi 68 sm bo‘lib, u o‘rtacha yoshdagi erkakning standart tana turiga yaqin bo‘lgani uchun u kundalik ish joylarida ham vazifalarni bajara oladi.

DR02’ning harakat tezligi 1,5 m/s, maksimal tezligi esa 4 m/s. Robot balandligi 20 sm gacha bo‘lgan zinapoyalarga chiqa oladi va 20 kg gacha bo‘lgan yuklarni ko‘tara oladi.

Yangi mahsulotning narxi hali e’lon qilinmagan bo‘lsada, 40 ming dollar atrofida bo‘lishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy homiladorlikni simulyatsiya qila oladigan va inson embrionini ko‘tara oladigan gumanoid robotni taqdim etishni rejalashtirayotgan edi.

Bunyod Keldiboyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Xitoy DR02 gumanoid

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing