Xitoyda erkak bir hafta suvosti g‘orida jon saqlab, omon qoldi
Olam
−
02 avgust 7688 2 daqiqa
Xitoyda g‘avvos bir hafta davomida suv ostidagi g‘orda qolib ketganiga qaramay tirik qoldi. Bu haqda “South China Morning Post” gazetasi xabar bermoqda.
Joriy yilning 19 iyul kuni Xunan provinsiyasidan bo‘lgan 40 yoshli havaskor g‘avvos Vang do‘sti bilan daryoga sho‘ng‘iganidan atigi besh daqiqa o‘tib bedarak yo‘qolgan. Qutqaruvchilar darhol izlash ishlarini boshlagan, biroq dastlabki urinishlar natijasiz tugagan.
Nashrning qayd etishicha, daryo chuqurligi bir necha o‘n metrni tashkil qiladi, uning tagida esa murakkab suvosti g‘orlar tizimi mavjud bo‘lib, unga kirish joyi 9 metr chuqurlikda joylashgan. Vang tasodifan shu g‘orga tushib qolgan va u yerda “havo to‘plangan bo‘shliq”ni topgan. Bu tabiiy havo “cho‘ntagi”, garchi g‘avvos suv ostida 9 metr chuqurlikda bo‘lsa ham, unga nafas olish imkonini bergan. Vangning aytishicha, u g‘orga tushib qolganidan so‘ng “butunlay vaqt hisobini yo‘qotgan” va omon qolish uchun xom baliq yegan.
Navbatdagi qidiruv amaliyoti vaqtida Vang suvostida harakatlanayotgan qutqaruvchilarni ko‘rib qolgan. Uning kislorod balonida atigi 4 foiz havo qolgan edi. Shunda u havo bo‘shlig‘idan chiqib, qaytayotgan g‘avvoslarga chiroq bilan signal bergan.
Vang qutqarilgan paytda uning ahvoli yaxshi bo‘lgan. U hatto o‘z oyog‘i bilan tez yordam mashinasigacha borgan.
Live
Barchasi