Xitoyda “Xitoy – Markaziy Osiyo” kotibiyati ochildi
Olam
−
30 mart 2024 5021 1 daqiqa
Xitoyning Sian shahrida “Markaziy Osiyo-Xitoy” kotibiyati ochildi. Bu haqda bugun, 30 mart kuni Qozog‘iston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Xitoyning Sian shahrida “Markaziy Osiyo – Xitoy” kotibiyatining ochilish marosimi bo‘lib o‘tgan. Unda Xitoy Xalq Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sun Veydun, O‘zbekistonning Xitoydagi Favqulodda va muxtor elchisi Farhod Arziyev va Markaziy Osiyo davlatlarining qolgan XXRdagi elchilari ishtirok etgan.
Ma’lumot uchun, kotibiyatni tashkil etish to‘g‘risidagi qaror 2023 yil 18-19 may kunlari bo‘lib o‘tgan “Xitoy – Markaziy Osiyo” sammiti yakunlariga ko‘ra qabul qilingan. Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Tojikiston va O‘zbekiston Sian deklaratsiyasini imzolagan bo‘lib, unda hamkorlikni rivojlantirishni muvofiqlashtiruvchi Kotibiyat tashkil etish zarurligi qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy va Markaziy Osiyo davlatlarining navbatdagi sammiti 2025 yili Qozog‘istonda bo‘lib o‘tishi aytilgan edi.
Live
Barchasi