Xorazmda IIO xodimi pora bilan qo‘lga tushdi

3-sahifa

image

Xorazm viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida profilaktika inspektori pora olgan vaqtda qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, fuqaro tanishi bilan o‘zaro nizoli holatlar yuzasidan murojaat qilib, hamkorlikda ochilgan xususiy korxonaga oid hujjatlardagi imzolar sherigi tomonidan soxtalashtirilgan holda daromadlarni o‘zlashtirib kelayotganini bildirgan. 

Mazkur holat yuzasidan profilaktika inspektori tanishlari orqali ekspertiza natijalarini uning foydasiga hal qilib berishni aytib, evaziga 1000 dollar miqdordagi pullarni talab qilgan hamda Xiva shahri hududida olgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlangan. 

Xorazm viloyati prokuraturasi tomonidan holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25-moddasi (jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish) orqali 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi “v” bandi va 28-moddasi (jinoyat ishtirokchilarining turlari) orqali 211-moddasi (pora berish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan hamda xodimga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyati Soliq boshqarmasining sayyor soliq tekshiruvlari bo‘limi katta inspektori 5 ming dollar olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

pora Xorazm

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing