Xorazmda qimorbozlar, Andijonda narkotik sotuvchilar ushlandi
3-sahifa
−
25 yanvar 3760 1 daqiqa
Xorazm va Andijon viloyatlarida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda narkotik sotuvchilari hamda qimor o‘yinlarini tashkil qilgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Xorazm viloyatining Yangiariq tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda 1965 yilda tug‘ilgan shaxs o‘zining yashash xonadonida qimor o‘yinlarini tashkil qilgani aniqlangan. Ushbu xonadonda qimor o‘ynayotgan 5 nafar shaxsdan jami 32 million so‘m va o‘yin kartalari olingan.
Qolaversa, narkojinoyatlarga qarshi kurashish yo‘nalishida Andijon viloyatining Jalaquduq tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda 1950 yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan fuqaro o‘zining yashash xonadonida kelgusida sotish maqsadida 20 kilogramm 400 gramm “marixuana” giyohvandlik vositasini saqlab kelayotgani aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan hamda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyatining Denov shahrida Tojikistonning Dushanbe shahridan bo‘lgan fuqaroni noqonuniy holda ushlab turib, uni qiynoqqa solgan shaxs ushlangandi.
Live
Barchasi