Xorazmdagi Markaziy bank binosida yong‘in chiqdi (video)
3-sahifa
−
22 may 4887 1 daqiqa
Bugun, 22 may kuni Xorazm viloyatining Urganch shahrida joylashgan Markaziy bank binosida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 17:16 da viloyat markazining Tinchlik ko‘chasida joylashgan Markaziy bank binosi tom qismining taxminan 80 kv.m. maydonida o‘t chiqqani haqida FVBga xabar tushgan. Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 17:20 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 17:38 qurshab olingan. Yong‘in soat 18:18 da o‘chirilgan.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 22 may kuni Toshkent shahrining Yashnobod tumanidagi qurilish ob’ektida yong‘in sodir bo‘lgandi. Yong‘in oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar to‘g‘risida xabar kelib tushmagan.
Live
Barchasi