Namanganda uy yonib ketdi (video)
3-sahifa
−
10 dekabr 6174 1 daqiqa
Bugun, 10 dekabr kuni Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanidagi xonadonlardan birida yirik yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, To‘raqo‘rg‘on tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga soat 18:28 da To‘raqo‘rg‘on tumani “Kichik Qo‘rg‘oncha” MFY hududidagi xonadonlarni birida yong‘in sodir bo‘layotgani haqida xabar tushgan. Xabarga asosan soat 18:35 da yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib borib, soat 18:51 da yong‘in qutqaruvchilar tomonidan bartaraf etilgan.
Bildirilishicha, hodisa oqibatida xonadonning shift va tom qismidan 50 kvadrat metr joyi yonib, zararlangan. Kuyib, tan jarohati olganlar yuzasidan ma’lumot tushmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoro viloyati Kogon tumanida tog‘-kon sanoati korxonalari uchun portlovchi moddalarni ishlab chiqarish sexida portlash sodir bo‘lishi oqibatida 4 kishi halok bo‘lgandi.
Live
Barchasi