Xo‘jaylida bobo va 2 nabirasi is gazidan vafot etdi

3-sahifa

image

Joriy yilning 13 dekabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasining Xo‘jayli tumanida erkak va uning 2 nafar nabirasi is gazidan zaharlanib vafot etdi. Bu haqda tuman hokimligi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, “Samanko‘l” QFYdagi uyni ijaraga olib, 2 nabirasi bilan birga yashayotgan fuqaro A.J. uyini isitish maqsadida qo‘lbola pechning mo‘risini o‘zboshimchalik bilan kesib olib, boshqa xonaga ko‘chirgan va uni mo‘risiz holda gaz tarmog‘iga ulagan. Buning oqibatida oila a’zolari is gazidan kuchli zaharlanib, fuqaro A.J. va uning nabiralari – 2011 yilda tug‘ilgan A.S. (8-sinf) va 2015 yilda tug‘ilgan A.Q. (4-sinf)lar voqea joyida vafot etgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Mas’ul shaxslarga nisbatan xizmat tekshiruvi boshlangan. Hodisa joyiga tezkor tergov guruhi a’zolari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik Baxtiyor To‘rabekov, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i Azamat Davletov, tuman hokimi Jenis Ermashov, prokurori Azamat Halimov, IIB, Favqulodda vaziyatlar bo‘limi va gaz ta’minoti korxonasi xodimlaridan tuzilgan ishchi guruh a’zolari zudlik bilan yetib borib, yuz bergan holat bo‘yicha o‘rganish ishlarini amalga oshirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida 68 yoshli ayol va uning ikki nevarasi noma’lum moddadan zaharlanib, vafot etgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Qoraqalpog'iston Xo'jayli Samanko'l

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing