Nukusda fura Cobalt’ni bir necha metrga surib ketdi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahrida fura Cobalt’ni bir necha metrga surib ketgani aytilgan videolar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 16 oktyabr kuni soat 14:20 lar atrofida Nukus shahri hududidan o‘tuvchi D-234 “Nukus-Chimboy-Taxtako‘pir” avtomobil yo‘lining 3-4-kilometri oralig‘ida 1960 yilda tug‘ilgan Turkiya Respublikasi fuqarosi D.M. Mercedes-Benz rusumli yuk avtomobilini boshqarib ketayotib, 1993 yil Nukus shahrida tug‘ilgan R.E. boshqaruvidagi Cobalt rusumli avtomobil bilan to‘qnashgan va yo‘l-transport hodisasi sodir etgan. 

Bildirilishicha, sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida tan jarohati olganlar bo‘lmagan. Ushbu holat bo‘yicha Nukus shahri IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi tomonidan tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida yo‘lovchi avtobus yo‘l-transport hodisasi sodir etib, ikki mashinaga to‘qnashgandi. Ushbu hodisa oqibatida tan jarohati olganlar bo‘lmagan, yengil avtotransport vositalari hamda avtobus texnik shikastlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Nukus Qoraqalpog'iston fura

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing