Koinotda yashash mumkin bo‘lgan hududlar aniqlandi – tadqiqot

Bu qiziq

image

“Oq mittilar” (ko‘pchilik yulduzlarning evolyutsiyasidagi oxirgi bosqich) uzoq vaqt davomida hayot mavjud bo‘lishi uchun juda sovuq deb hisoblangan. Biroq Oklaxoma universiteti olimlarining yangi tadqiqoti shuni ko‘rsatdiki, bunday ob’ektlarning ayrimlari muhitning sovishini uzoq muddatga – 10 milliard yilgacha sekinlashtirishi mumkin. Bu esa ularning atrofidagi sayyoralar avval o‘ylanganidan ancha uzoq vaqt yashashga yaroqli bo‘lilishi mumkinligini anglatadi. Bu haqdagi tadqiqot “arXiv” portalida e’lon qilindi.

Nashrning yozishicha, u bilan bog‘liq sir neon-22 ga (neon elementining izotopi) bog‘liq. U uglerod va kisloroddan keyin “oq mittilar” ichki qismida eng ko‘p tarqalgan element hisoblanadi. Agar uning ulushi massa bo‘yicha kamida 2,5 foizni tashkil etsa, yadroning ichida “distillyatsiya” jarayoni boshlanadi. Kristallashayotgan sohalar neondan uzoqlashib yengillashadi, yuqoriga ko‘tarilib eriydi va ulkan miqdorda gravitatsion energiya ajratadi.

Olimlar "Hypatia" katalogidagi qariyb 4 ming yulduz evolyutsiyasini modellashtirib, natijalarni "Gaia" kosmik teleskopi kuzatuvlari bilan solishtirgan. Ma’lum bo‘lishicha, massiv “oq mittilar”ning taxminan 6 foizi haqiqatdan ham sovishini sekinlashtiradi va yorqinlik diagrammalarida xos to‘planish – shunday ataluvchi Q-shoxni hosil qiladi. Ularning haqiqiy yoshi yorqinligiga qaraganda ancha katta bo‘lib chiqadi.

Bunday “muzlab qolgan” kosmik ob’ektlar eng ko‘p galaktikaning markaziga yaqin hududlarda uchraydi, chunki u yerda metall miqdori yuqori bo‘lgan yulduzlar ko‘proq va shunga mos ravishda yetarli miqdorda neon-22 yig‘ilish ehtimoli ham katta. Somon yo‘lining chekka qismlarida esa ular deyarli sakkiz baravar kamroq uchraydi.

Tadqiqot mualliflarining fikricha, “oq mittilar” hayotni izlash uchun ancha istiqbolli nomzod ob’ektlar. Ularning yashash zonalari barqaror va uzoq muddatli, potentsial sayyoralarning orbitasi esa yulduzdan uzoqroqda joylashgan bo‘lib, bu kuchli gelgit kuchlarining vayronkor ta’sirini kamaytiradi.

“Oq mittilarni” biz odatda yulduzlarning o‘lik qoldiqlari sifatida qabul qilamiz, ammo aslida aynan ular hayot mavjud bo‘lishi uchun eng uzoq muddatli va ishonchli sharoitlarni taklif qilishi mumkin”, deydi tadqiqotchilar.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Jeyms Uebb” kosmik teleskopi Uranning yangi, 29-yo‘ldoshini aniqlagan edi. Unga S/2025 U nomi berilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Koinot tadqiqot

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing