Meta Facebook’ning salbiy ta’siri haqidagi tadqiqotni yashirgan – OAV

Texnologiya

image

Meta Facebook’ning ruhiy salomatlikka salbiy ta’siri borligini isbotlovchi tadqiqotini yashirgan. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Facebook va Instagram’ning egasi bo‘lgan kompaniya o‘z platformalarining foydalanuvchilarga psixologik zarar yetkazishini tasdiqlovchi tadqiqotni to‘xtatib qo‘ygan.

“Reuters” bu ma’lumotni AQSHdagi bir nechta okrug maktablari va Meta o‘rtasidagi ijtimoiy tarmoqlarning o‘smirlarga zarar yetkazishi haqidagi sud jarayonida taqdim etilgan hujjatlarga tayanib sizdirgan.

Hujjatlarga ko‘ra, Meta 2020 yilda “Project Mercury” nomli tadqiqot loyihasini tashkil qilgan. Uning doirasida Facebook foydalanuvchilariga ma’lum muddat davomida tarmoqqa kirmaslik taklif qilingan. Atigi bir hafta “oflayn” bo‘lgan ishtirokchilar “depressiya, xavotir, yolg‘izlik hissi va ijtimoiy bosimning kamayganini” aytgan. Ko‘p o‘tmay tadqiqot to‘xtatilgan, biroq uning natijalari hech qachon e’lon qilinmagan. Meta vakili esa tadqiqot natijalarini yashirish haqidagi ayblovlarni rad etgan. Uning aytishicha, loyiha metodologik kamchiliklar sabab to‘xtatilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Instagram voyaga yetmaganlar uchun yangi cheklovlar joriy qilayotgani haqida xabar berilgan edi. Unga ko‘ra, endilikda 18 yoshdan kichik foydalanuvchilar PG-13 reytingiga mos, ya’ni 13 yoshdan kichiklar uchun mo‘ljallangan kontentni ko‘radi.


Maqola muallifi

Teglar

Facebook tadqiqot Meta

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing