Kolumbiya Prezidenti Trampni saylovlarga aralashishda aybladi

Olam

image

Kolumbiya Prezidenti Gustavo Petro AQSH Prezidenti Donald Trampni mamlakatdagi prezidentlik saylovlariga aralashishda aybladi. Bu haqda u CBS News telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Petroga ko‘ra, Tramp Kolumbiyadagi o‘ng qanot nomzodi Abelardo de la Esprielyani ochiq qo‘llab-quvvatlab, mamlakat ichki ishlariga aralashgan. AQSH rahbari saylovning ikkinchi turi arafasida e’lon qilgan bayonotida mazkur nomzodni “to‘liq va shartsiz qo‘llab-quvvatlashi”ni bildirgan hamda ovoz berish natijalari Kolumbiya va AQSH o‘rtasidagi munosabatlar kelajagi uchun katta ahamiyatga ega ekanini ta’kidlagan.

Gustavo Petro bu holatni davlat suvereniteti tamoyillarining buzilishi deb baholab, Vashington o‘z fikricha narkotrafik va o‘ta o‘ngchi guruhlar bilan bog‘liq kuchlarni qo‘llab-quvvatlayotganini aytgan.

Kolumbiya rahbari AQSH bilan munosabatlardagi taranglikni o‘zining so‘l qarashlari hamda Tramp ma’muriyati bilan xalqaro masalalar, jumladan G‘azo sektoridagi vaziyat bo‘yicha kelishmovchiliklar bilan ham izohlagan.

Petroning intervyusi prezidentlik saylovlarining birinchi turidan bir necha kun o‘tgach efirga uzatildi. Unda o‘ng qanot nomzodi Abelardo de la Esprielya 43,7 foiz ovoz olgan bo‘lsa, so‘lchi senator Ivan Sepeda 40,9 foiz ovoz to‘plagan. Saylovning ikkinchi turi ikki haftadan kam vaqt ichida bo‘lib o‘tadi.

Kolumbiya Prezidenti o‘ng kuchlar g‘alaba qozonsa, mamlakatda siyosiy zo‘ravonlikning yangi to‘lqini yuzaga kelishi mumkinligidan ogohlantirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, jamiyatdagi chuqur siyosiy qutblashuv sharoitida agressiv siyosiy ritorikaning kuchayishi xavfli vaziyatni yuzaga keltirmoqda.

“Kolumbiyada nafrat juda tez o‘limlarga olib keladi”, degan Petro.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp Kolumbiya Gustavo Petro

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing