Kolumbiyada futbolchi o‘yin paytida hushini yo‘qotib vafot etdi
Sport
−
23 mart 4421 1 daqiqa
Kolumbiyada “Milonarios” klubining 18 yoshli futbolchisi Santyago Kastrilon o‘yin paytida hushini yo‘qotganidan so‘ng vafot etdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Xabar qilinishicha, futbolchi 20 yoshgacha bo‘lgan o‘yinchilar o‘rtasidagi turnir uchrashuvi paytida hushidan ketgan. Unga darhol jamoa shifokorlari tomonidan yordam ko‘rsatilgan, shundan so‘ng u ixtisoslashtirilgan shifoxonaga yetkazilib, kardiologlar nazoratida davolangan.
“Shifokorlarning sa’y-harakatlariga qaramay, Santyago o‘ziga kela olmadi va shu yakshanba kuni oilasi, jamoadoshlari va do‘stlari qurshovida vafot etdi”, deyiladi bayonotda.
18 yoshli Kastrilon shu yilning yanvar oyida Bogotada bo‘lib o‘tgan Kolumbiya-U19 milliy terma jamoasining yig‘inlariga chaqirilgan. Futbolchi “Milonarios”ning asosiy jamoasi safida maydonga tushmagan bo‘lsa-da, bir necha bor o‘yin qaydnomalariga kiritilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eronda yoshlar terma jamoasining 19 yoshli kurashchisi Solih Muhammadiyga nisbatan o‘lim hukmi ijro etildi.
Live
Barchasi