Kolumbiyadagi aviahalokat qurbonlari 66 nafarga yetdi
Olam
−
24 mart 1775 1 daqiqa
Avvalroq, Kolumbiyada askarlarni olib ketayotgan harbiy samolyot halokatga uchrab, 34 kishi holak bo‘lgani haqida xabar berilgandi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu hodisa qurbonlari soni 66 nafarga yetdi. Bu haqda “Caracol” xabar berdi.
Nashrga ko‘ra, halok bo‘lganlarning 58 nafari Milliy armiya, 6 nafari Kolumbiya aerokosmik kuchlari va 2 nafari Milliy politsiya xodimlari bo‘lgan. C-130 Hercules bortida taxminan 125 nafar harbiy xizmatchi bo‘lgan. 77 kishi shifoxonaga yotqizilgan.
Ma’lumot uchun, halokat kecha, 23 mart kuni sodir bo‘lgan. Samolyot Puerto-Leguizamodan Puerto-Asisga yo‘l olgan bo‘lgan.
Mudofaa vaziri Pedro Sanches samolyot parvozdan ko‘p o‘tmay halokatga uchraganini, aerodromdan taxminan 1,5 kilometr uzoqlikda qulaganini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, tashqi hujum alomatlari yo‘q. Ammo samolyotdagi yong‘in harbiylar olib yurgan o‘q-dorilarning bir qismini portlatgan.
Jabrlanganlarni evakuatsiya qilish uchun 2 ta tibbiy samolyot yuborilgan. Yaradorlar Neyva, Florensiya va Bogotadagi shifoxonalarga yuborilgan.
Live
Barchasi