Konor Gallaher “Tottenxem”ga o‘tdi – Romano

Sport

image

“Atletiko Madrid” yarim himoyachisi Konor Gallaher yaqin orada Londonning “Tottenxem” klubi bilan shartnoma imzolaydi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.

Manbalarga ko‘ra, “shporlar” 25 yoshli futbolchi uchun 40 million yevro to‘lashga rozi bo‘lgan. Qayd etish joizki, Konor Gallaher Londonning “Chelsi” akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 

Shuningdek, Gallaherni qo‘lga kiritish uchun “Tottenxem”dan avval “Aston Villa” ham harakat qilgan. Birmingemliklar futbolchini sotib olish huquqi bilan ijaraga olishni taklif qilgan, ammo “shporlar” doimiy transfer bo‘yicha taklifi bilan raqobatchilaridan ustun kelgan. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, yakuniy qaror “Atletiko Madrid” tomonidan qabul qilingan, chunki futbolchining o‘zi Londonga qaytishga juda qiziqish bildirgan.

Ma’lumot uchun, Konor Gallaher Madrid klubi safida ikki mavsum to‘p surdi. Ushbu davr mobaynida u jami 51 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan.


Maqola muallifi

Teglar

“Atletiko Madrid” “Tottenxem” Konor Gallaher

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing